Jamiyat

Toshkentda 6 ta mashina ustiga daraxt qulab tushdi
18 mart 2022, 10:56

Toshkentda 6 ta mashina ustiga daraxt qulab tushdi

Toshkentning Uchtepa tumanida daraxt qulashi natijasida 6 ta mashinaga shikast yetdi. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

1 apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanmoqda
18 mart 2022, 10:15

1 apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanmoqda

1 apreldan Nukusdan Qozog‘istonning Beyneu shahriga (Mang‘istau viloyati markazi) yo‘lovchi poyezd harakati tiklanmoqda. Poyezdlar haftasiga uch marotaba har ikkala tomondan harakatlanadi. Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda.

“Prava”ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi, ularni yangilash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin
18 mart 2022, 10:07

“Prava"ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi, ularni yangilash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin

19-martdan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati vaqtincha to‘xtatildi. Davlat xizmatlari agentligi buni texnik va profilaktika choralari bilan izohladi. Bundan tashqari, eski guvohnomalarni yangisiga almashtirish muddatini 2023-yil oxirigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 mart 2022, 22:00

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligini tan olishini aytgan Abdulaziz Kamilov, Qashqadaryoda yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani, dori vositalarini reklama qilishi taqiqlangan mashhurlar va shifokorlar, qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zararning qoplab berilishi, asosiy stavkani 17 foizgacha ko‘targan Markaziy bank va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Mart oyida ilgari kuzatilmagan jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomg‘irlar yog‘di — O‘zgidromet
17 mart 2022, 18:22

Mart oyida ilgari kuzatilmagan jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomg‘irlar yog‘di — O‘zgidromet

O‘zgidromet mart oyidagi kuchli va davomiy yog‘ingarchiliklar ilgari kuzatilmagani, jumladan, respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta ko‘p bo‘lganini ma’lum qildi. Yog‘ingarchiliklar 2−4 kunlik tanaffuz bilan oy oxirigacha davom etishini kutilmoqda.

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi
17 mart 2022, 17:37

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani tarkibida yangi Ko‘kdala tumani tashkil etildi. Unga Chiroqchidagi 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari yashayotgan 32 ta mahalla kiritiladi va Yettitom shaharchasi tuman markazi etib belgilandi.

Yaponiya O‘zbekistonga 201,6 ming doza AstraZeneca vaksinasi yubordi
17 mart 2022, 17:11

Yaponiya O‘zbekistonga 201,6 ming doza AstraZeneca vaksinasi yubordi

Yaponiyadan O‘zbekistonga 201,6 ming doza AstraZeneca vaksinasi gumanitar yordam sifatida jo‘natildi. Hozirda O‘zbekistonda 14,1 mln doza vaksina zaxirasi mavjud.

Davlat xizmatlari hamda Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi
17 mart 2022, 17:08

Davlat xizmatlari hamda Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi

Prezident farmoniga asosan Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tarkibida departament sifatida qayta tashkil etiladi. Vazirlikda boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga, harajatlar esa 84,5 mlrd so‘mga qisqaradi. Avvalroq, vazir Ruslanbek Davletov DXA tizimidagi xodimlar soni qisqarishini emas, aksincha ortishini aytgandi.

So‘nggi ikki oyda «Tez yordam»ga 31,3 mingga yaqin asossiz chaqiriq bo‘ldi
17 mart 2022, 16:34

So‘nggi ikki oyda «Tez yordam»ga 31,3 mingga yaqin asossiz chaqiriq bo‘ldi

Yanvar-fevral oylarida «Tez yordam» xizmatiga 31,3 mingga yaqin asossiz murojaat kelib tushgan, ularning 992 tasi yolg‘on chaqiriqlardir. Eng ko‘p yolg‘on murojaatlar Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Mashhurlar va shifokorlarning dori vositalarini reklama qilishi taqiqlanmoqda
17 mart 2022, 16:23

Mashhurlar va shifokorlarning dori vositalarini reklama qilishi taqiqlanmoqda

Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonun bilan mashhurlar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarga o‘xshash shaxslarning dori vositalarini reklama qilishi taqiqlanmoqda. Shuningdek, reklamalarda bolalarni xavfli holatlarda ko‘rsatish, ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish ham man qilinadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zarar va boy berilgan foyda qoplanadi
17 mart 2022, 15:08

Qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zarar va boy berilgan foyda qoplanadi

Senatda Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararlar bilan birga, boy berilgan foyda va sarflangan xarajatlar ham to‘lab berilishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi
17 mart 2022, 13:23

Senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi

Senatining navbatdagi majlisida senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi. Majlisda 1995 yilda qabul qilingan amaldagi kodeks tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi ta’kidlandi. Senat raisi Tanzila Narboyeva esa yangi kodeks «inson qadriga asoslangan"ini aytdi.

Toshkentda tarkibida rubin va sapfir bo‘lgan toshni $220 mingga sotishga uringan shaxslar ushlandi
17 mart 2022, 11:19

Toshkentda tarkibida rubin va sapfir bo‘lgan toshni $220 mingga sotishga uringan shaxslar ushlandi

DXX poytaxtda tarkibida rubin, sapfir va boshqa minerallar bo‘lgan, asl bahosi 33 mln so‘mlik toshni 220 000 dollarga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi
17 mart 2022, 11:02

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi

Nishon tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi fermer xo‘jaligi dalasidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi. Qizning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi aytilmoqda. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Xorijda pasport va sertifikat olish to‘lovlari qimmatligi bo‘yicha TIV rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi
17 mart 2022, 10:20

Xorijda pasport va sertifikat olish to‘lovlari qimmatligi bo‘yicha TIV rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi

Xorijda O‘zbekiston pasporti va qaytish sertifikatini olish bo‘yicha to‘lovlar Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qimmati hisoblanadi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev narxlarni asoslash va pasaytirish yuzasidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga deputatlik so‘rovi kiritdi.

«O‘zsanoateksport»ning sobiq raisi Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
17 mart 2022, 10:11

«O‘zsanoateksport»ning sobiq raisi Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Oybek Mirzabekov Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar «O‘zsanoateksport» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

21-mart kuni Toshkent avtobuslari ish vaqti bir soatga uzaytiriladi
16 mart 2022, 23:56

21-mart kuni Toshkent avtobuslari ish vaqti bir soatga uzaytiriladi

Navro‘z bayramini nishonlash kunlari Toshkent avtobuslari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida qatnovni amalga oshiradi. 21-mart kuni esa ish vaqtini bir soatga kechroq tugatadi.

AKT vaziri TikTok vitse-prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
16 mart 2022, 23:40

AKT vaziri TikTok vitse-prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda bloklangan TikTok vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi. Avvalroq, TikTok, qolaversa, Twitter va «VKontakte» to‘satdan ochila boshlagandi, biroq, oradan sal vaqt o‘tib, kirishda yana qiyinchiliklar yuzaga keldi.

16 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 mart 2022, 22:00

16 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralarni ochgan O‘zbekiston, Sirdaryodagi suv toshqinlari, yanvar oyidagi blekaut O‘zbekistondagi nosozlik sabab yuzaga kelgani, taksi haydovchilari uchun joriy qilinayotgan yana bir majburiy sug‘urta, talabalarning kontrakt to‘lovi muddati uzaytirilgani, Andijoncha tender va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 16 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VK ochilishni boshladi (yoki yo‘q)
16 mart 2022, 21:24

O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VK ochilishni boshladi (yoki yo‘q)

O‘zbekistonda Twitter, TikTok va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari erkin ochilishni boshladi. Shu bilan birga, ular kirish cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxatidan chiqarilmagan. Hozircha rasmiy izoh berilmadi. (Keyinroq kirishda qiyinlasha boshladi.)


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting