Jamiyat

Metro Qurbon hayiti kuni bir soatga vaqtliroq ish boshlaydi
7 iyul 2022, 11:54

Metro Qurbon hayiti kuni bir soatga vaqtliroq ish boshlaydi

9 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi.

Nukusda texnopark tashkil etiladi
7 iyul 2022, 10:31

Nukusda texnopark tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 30 gektar maydonda «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Unga mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati bir haftaga yopiladi
7 iyul 2022, 09:56

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati bir haftaga yopiladi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi. Qolaversa, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi
7 iyul 2022, 09:33

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi «nonburger» dan zaharlandi. Ularning 17 nafari shifoxonaga yotqizildi.

TIV Qoraqalpog‘istonda internet soxta xabarlar sababli cheklanganini tan oldi
6 iyul 2022, 23:46

TIV Qoraqalpog‘istonda internet soxta xabarlar sababli cheklanganini tan oldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda uyali aloqa va Internet «soxta yangiliklarni tarqatib, dushman kayfiyatdagi kuchlar fuqarolarni aksilkonstitutsiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga uringanlari» sababli cheklanganini ma’lum qildi.

Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
6 iyul 2022, 15:50

Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:20da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

SSV vaziri bolalarni massaj qildirish bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
6 iyul 2022, 15:44

SSV vaziri bolalarni massaj qildirish bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

SSV vaziri Behzod Musayev diplom va malakasi yo‘q shaxs yosh bolani qiynab, massaj qilgan holatga munosabat bildirdi. Vazir ota-onalardan «ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini» so‘radi.

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi
6 iyul 2022, 15:31

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari ochiq havoda o‘tkaziladi, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
6 iyul 2022, 14:57

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

9 va 10 iyul kunlari poytaxt avtobuslari yakshanbalik, 11 va 12 iyul kunlari esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

«Qulay, sokin hayot ko‘pchilikni qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q» — bastakor Aziza Sodiqova
6 iyul 2022, 14:56

«Qulay, sokin hayot ko‘pchilikni qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q» — bastakor Aziza Sodiqova

Aziza Sodiqova — Toshkentlik bastakor. U Berlinda ijod qiladi, Yevropaning yirik konsert zallari va festivallarida yangraydigan opera va orkestr asarlarini yaratadi. «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida u Yevropadagi ish va o‘qish haqida gapirdi hamda yosh musiqachilarga maslahatlar berdi.

IIBB Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabarni tekshirdi
6 iyul 2022, 13:43

IIBB Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabarni tekshirdi

6 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga Yashnobod tumanidagi Zo‘r TV telekanali binosi minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi. Hudud o‘rganilganda, xabar tasdiqlanmadi. Boshqarma tergov olib bormoqda.

Jizzaxda Xitoy fuqarosi kuchukka shavqatsiz munosabatda bo‘lgani aniqlandi
6 iyul 2022, 12:24

Jizzaxda Xitoy fuqarosi kuchukka shavqatsiz munosabatda bo‘lgani aniqlandi

Jizzax viloyatida «Huaxin» o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi xitoylik fuqarosi Man Ming zavodda kuchukka shavqatsiz munosabatda bo‘lgani aniqlandi. Zafarobod tuman IIB uni ma’muriy jarimaga tortdi.

O‘zbekistonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish taklifi bildirildi
6 iyul 2022, 11:48

O‘zbekistonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish taklifi bildirildi

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adxam Bekmurodov xorij tajribasidan kelib chiqib, 4 kunlik ish haftasiga o‘tish taklifini bildirdi. Shuningdek, u Mehnat vazirligidan so‘rovnomalar orqali davlat tashkilotlarida mehnat unumdorligini baholab chiqishni so‘radi. Mazkur xabar Daryo nashridan o‘chirildi.

O‘zbekistonda avtomaktablarning reytingi tuziladi
6 iyul 2022, 10:52

O‘zbekistonda avtomaktablarning reytingi tuziladi

1 sentabrdan barcha avtomaktablarning reytingi tuziladi. Bunda bitiruvchilarning «prava» uchun imtihondagi natijalari, jarima ballari, YTH sodir etganligi, qolaversa, ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar soni inobatga olinadi. Yakunda maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanyotgan shaxslar ushlandi
6 iyul 2022, 10:26

Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanyotgan shaxslar ushlandi

Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» tashkiloti a’zosi ekanligi gumonlanayotgan shaxs 10 nafardan ortiq sinfdoshlariga Telegram guruhi orqali ekstremistik mazmundagi materiallar tarqatib kelgani aytilmoqda. Ushbu guruh a’zolari «tahrirchilar» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib, hisbga olindi.

O‘zbekistondagi 13 ta hududda paxta yetishtiruvchilarga vaqtincha subsidiya beriladi
6 iyul 2022, 09:35

O‘zbekistondagi 13 ta hududda paxta yetishtiruvchilarga vaqtincha subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan 2024 yilgacha 13 ta tumandagi paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya beriladi. Bunda har bir gektarga 1 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Talabgorlar 25 iyulgacha ariza bilan murojaat qilishi lozim.

5 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 iyul 2022, 22:00

5 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga Afg‘onistondan tushgan 5 reaktiv snaryad, 7500 so‘mgacha ko‘tarilgan Ai-80, bolakayni qiynagan massajist, Qirg‘izistonda uchrashadigan MO davlatlari rahbarlari, Qoraqalpog‘istondagi fojea, Registonda nikohdan o‘tgan AQShliklar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 5 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston hududiga Afg‘onistondan beshta reaktiv snaryad otildi
5 iyul 2022, 20:06

O‘zbekiston hududiga Afg‘onistondan beshta reaktiv snaryad otildi

5 iyul kuni O‘zbekiston chegara hududiga Afg‘oniston hududidan otilgani taxmin qilinayotgan 5 ta reaktiv snaryad uchib tushdi. Ular portlamagan, insoniy qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV.

Internet o‘chirilishi Qoraqalpog‘istonda odamlar hayotiga qanday ta’sir qo‘rsatmoqda?
5 iyul 2022, 19:29

Internet o‘chirilishi Qoraqalpog‘istonda odamlar hayotiga qanday ta’sir qo‘rsatmoqda?

Qoraqalpog‘istonda bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri internet cheklangan, shu sababli aksariyat terminallar, bankomatlar ishlamayapti, davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatilayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov bu holat odamlar hayotiga qanday ta’sir qilayotganini o‘rgandi.

Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 42 yoshli fuqaroni mashina urib ketdi
5 iyul 2022, 18:41

Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 42 yoshli fuqaroni mashina urib ketdi

Yakkasaroy tumanida 42 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotgan vaqtida mashina urib ketdi. U zarba natijasida yiqilgan va shu yo‘nalishda kelayotgan boshqa bir avtomobil tagida qolib ketgan. Buning oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Haydovchilar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting