FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi boshqa hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.
Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi. «Barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekistonda elektr enegriyasi o‘chishi ortidan «O‘zbekneftgaz» tizimidagi 64 ta konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar mavjud emas.
Prezident topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan yirik uzilishlar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi.
Oliy sud ijtimoiy tarmoqlardagi 19 ta kanal (guruh, material)larni ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar ro‘yxatiga qo‘shdi.
«Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam «blekaut» vaqtida poytaxtni tasvirga oldi. Hozirda Toshkentda elektr energiyasini yetkazib berish qisman tiklangan.
Qutqaruvchilar Chimyon va Bildirsoyda elektr energiyasi uzilgan vaqtda osma yo‘llarda qolib ketgan 80 kishini evakuatsiya qildi. Amirsoy kurortida esa elektr tezda qayta tiklangani uchun FVV yordamiga ehtiyoj qolmagan.
«Gazeta.uz» muxbiri elektrsiz qolgan shahar bo‘ylab sayr qilib, yo‘l nazoratchilarining tirbandliklarni qanday boshqarayotgani, shaharliklarning esa ishlayotgan bankomatlarni qidirayotganiyu qorong‘uda xaridlarni qanday amalga oshirayotganini suratga oldi.
SSV O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlar poytaxtdagi yirik tibbiy markazlar faoliyati va uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga xavf tug‘dirmasligini bildirdi. Barcha operatsiya bloklari qo‘shimcha generatorlarga ulangani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va mintaqaning energotizimidagi yirik avariya tufayli, Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Ko‘chalarda harakatni YPX inspektorlari boshqarmoqda.
Taxminan soat 11:00 larda O‘zbekistonning ayrim hudularida, shu jumladan Toshkent shahri elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. «Gazeta.uz» manbalari O‘zbekiston energotizimida yirik avariya sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Prezident O‘zbekistonning 16 ta tuman va shahrida charm-poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirkorlarga uskunalar xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilga kreditlar ajratiladi, qolaversa, avval berilgan soliq va bojxona imtiyozlari muddati 2026 yilgacha uzaytiriladi.
Ta’limni yuqori bosqichga ko‘tarish va malakali kadrlar tayyorlash uchun mamlakatda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining o‘zi yetarli emas. Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishda institutsional omillardan tashqari, ota-onaning ma’lumoti va daromad darajasi, ular tomonidan bolalarga ajratilgan vaqt, oilaviy muhit hamda boladagi ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova — ta’limdagi tengsizlikka ta’sir qiluvchi omillar haqida.
Dushanba kuni 1123 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, shu bilan ketma-ket ikkinchi kun virusning kunlik holati kamaymoqda. 3 bemor esa vafot etdi. Qolaversa, 98 kishida pnevmoniya qayd etildi.
Mehnat vazirligi 2021-yilda 52,5 ming holatda mehnat qonunchiligi talablari buzilganini ma’lum qildi. Ularning eng ko‘pi ish haqini to‘lamaslik, bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish bilan bog‘liq. Natijada 11 mingdan ortiq mansabdorga nisbatan 20 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanilgan.
O‘zbekistonga kirishda topshirilayotgan ekspress test bekor qilinishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani tasdiqlangan Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari, hududida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlangan Qarshi davlat universiteti, yangi tayinlangan hokimlar, transafg‘on temir yo‘lini tasdiqlagan «Tolibon» va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 24 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonda «Ipak yo‘li madaniy merosini raqamli arxivlar orqali saqlash» loyihasiga 490 ming dollar ajratadi, deb xabar qildi Madaniy meros agentligi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani «Kamolot» mahallasidagi beshta uyda yashovchi aholi daraxtlar o‘sib turgan hovlida ko‘p qavatli uy qurilishiga qarshi chiqdi. Ular miting o‘tkazishga ruxsat olish uchun murojaat qilishga majbur bo‘lganlarini aytishdi. Tuman hokimligi bunday holat bo‘lmaganiga qaramasdan, mitingga chaqiriq uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.
Termizdagi masjidlar atrofida «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda kelgusida Suriya va Falastindagi janglarda qatnashishni rejalashtirgan ikki erkak uzoq muddatga qamaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting