Toshkentdagi mahalliy reyslar aeroporti vaqtincha yopilishi, Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga pul mukofoti topshirilishi, tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlangani — “Gazeta.uz"ning 18 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Fabrikada Avstriya, Germaniya, Daniya, Italiya va Shveysariyaning ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan. Fabrika 256 xil qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi. Jumladan, hujjatsiz yurish 270 ming so‘m, «qizil»dan o‘tish 540 ming so‘m, telefonda gaplashish 810 ming so‘m hamda mast holda haydash 6 mln 750 ming so‘m etib belgilanadi.
Kelayotgan shanba, 21 avgust kuni umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladi.
Terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada bo‘lgan 7 nafar shaxsni qidirish jarayonida ular bilan aloqada bo‘lgan 100 nafarga yaqin kishi so‘roq qilingan. Ulardan bir nechtasida taqiqlangan materiallar aniqlangan. Ulardan biriga nisbatan jinoiy ish ochilib, yana 10 nafariga ma’muriy jazo chorasi tayinlangan.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirib ketganlikda gumonlangan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston hukumati Surxondaryoda chodirlar shaharchasini tashkil etdi, u yerda Afg‘onistondan kelgan 100 dan ortiq qochqinlar joylashtirildi. Sputnik Uzbekistan 650 nafar afg‘on askari chegaradagi harbiy poligon yaqinidagi kovid-markaziga joylashtirilgani haqida xabar bermoqda.
O‘tgan 7 oy davomida Farg‘ona viloyatida velosipedchilar ishtirokida 168 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatida 29 nafar fuqaro vafot etgan, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
19 avgustdan boshlab Toshkent-3 aeroporti noma’lum muddatga yopiladi. Bu xorij fuqarolarining Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishi bilan bog‘liq. Mahalliy aviareyslar Toshkent xalqaro aerportidan amalga oshiriladi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati poytaxtning turli tumanlarida aholiga eshitilayotgan otishmaga o‘xshash tovushlarni tug‘ilgan kunni nishonlash bilan izohladi.
DXX tomonidan Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3,8 kg opiy va 9,7 kg gashish giyohvandlik moddalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.
O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun ko‘zi ojiz o‘qituvchilarni ta’lim tizimiga jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ammo pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratilganmi? Abdullo Abduxalilov va Dilmurod Yusupov o‘z tajribalari va pedagogik faoliyatdagi inklyuziyaning muvaffaqiyatli misollari asosida ushbu muammoni o‘rganishdi.
Xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga oltin medal uchun 122,5 mln so‘m, kumush uchun 73,5 mln so‘m va bronza uchun 49 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Shunindek ularning o‘qituvchilariga ham pul mukofotlari taqdim etildi.
Prezidentning matbuotga bergan intervyusi, 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilishi haqidagi farmon, Tashqi ishlar vazirligining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonoti — “Gazeta.uz"ning 17 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 270 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 822 ming so‘m etib belgilandi.
Xalq demokratik partiyasi ta’kidlashicha, Tashkent City majmuasiga pul to‘lab kirish — Konstitutsiya tamoyillariga zid va jamiyatda tabaqalashuvga olib keladi. «O‘zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko‘ra tabaqalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart», — deyiladi xabarda.
Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.
“Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni — Yaponiyada tahsil olayotgan magistrant Kamilla Yenikeyeva. Biz undan nega Yaponiyada o‘qishni tanlaganligi, Yaponiya oliygohlarida tahsil olishning afzalliklari, universitetning ish topishdagi o‘rni, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan «jihodchilar» oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Ular «jihod» maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting