Prezident qarori bilan cport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bunda, g‘oliblar I, II, va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro kinofestivali faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mazkur tadbir har yili kuz faslida o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 734 milliard so‘m, ta’mirlash dasturiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi.
Rishton tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi. Oqibatda uning haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Chalop, turkcha ratatuy, tovuq va sabzavotli kabobchalar, kuk-si, okroshka — Zira.uz yozgi taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Amerikalik tadqiqotchi Mark Riz Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilish uchun 15 yil umrini sarfladi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida tarjimadagi qiyinchiliklar, nima uchun asar shunchaki muhabbat hikoyasi emas, avvalo islohotlar g‘oyasi haqida ekanligi va qanday qilib Qodiriy asar orqali muhim ijtimoiy muammolarni olib chiqqanligi haqida so‘z yuritdi. U shuningdek jadidlar va ularning g‘oyalari bugun qanchalik hayotga tadbiq etilganligi haqida fikr bildirdi.
“Qishloq hayoti faqat „chiroyli kadrlardan“ iborat emas”. Fotojurnalist Dilruh Isomiddinova qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda hikoya qiladi.
Prezidentning Andijon viloyati faollari bilan uchrashuvi, “Paxtakor” klubi xodimlarining maoshlari oshkor qilinishi, Yangi Andijon shahrining qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq rangli sher bolalari olib kelinishi — “Gazeta.uz"ning 18 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi binosiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan jarima hamda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yoz issig‘ida konditsioner ostida jon saqlaydiganlar o‘z salomatliklariga e’tibor berishlari lozim. Konditsionerdan qanday to‘g‘ri foydalanish kerakligi va doimiy ravishda uning ostida o‘tirish qaysi kasalliklarga olib kelishi haqida tibbiyot fanlari nomzodi E’zozbek Rizayev ma’lumot berdi.
Qurilishining boshlanishida prezident ishtirok etgan Yangi Andijon shahrida kam qavatli binolar ustunlik qiladi, hovlilarida yashil maydonlar barpo etiladi. Bo‘lajak shaharning chizma va maketlari — «Gazeta.uz» fotoreportajida.
«Uzbekistan Airways» Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 1 martdan boshlab Andijon shahri tarkibida «Yangi Andijon» tumani tashkil etilishini ma’lum qildi. «Yangi Andijonda „Damas“ bo‘lmaydi. U yerda yer usti yoki yer osti metrosini qurish bo‘yicha hisob-kitoblar qilinadi. Ma’qulini quramiz», — dedi davlat rahbari. Yangi Andijon loyihasining kommunikatsiya tarmoqlarini qurishni boshlash uchun 100 mln dollar ajratiladi.
Raqqosalar bilan video sababli ishdan ketgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Nurali Mirzayev ushbu holat «qasddan uyushtirilganligini» ta’kidladi. «Videoda, to‘g‘risi, menga nisbatan provokaya bo‘lgan. Bu ishdan keyin bo‘lgan holat», — deydi u.
Sakkiz oylik ikkita oq sher bolasi (Jonni va Jenni) Janubiy Afrikadan Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Dunyoda bunday sherlarning soni 300 dan oshmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi. «Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Andijonlik tadbirkor ayol, Umida Usmonovani «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, unga «Mikrokreditbank» tomonidan 5 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Prezident tadbirkor ayol bilan 17 iyun kuni Urganji mahallasida uchrashib, uni mukofotlashini aytgan edi.
Respublika bo‘ylab juma va shanba kunlari bulutli ob-havo ustunlik qiladi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorati me’yordan +2…+4 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.
DXXning sobiq binosi sotilishi, prezidentning Andijonga tashrifi, antikorrupsiya agentligiga yuklatilgan yangi vazifalar, davlat organlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati — “Gazeta.uz"ning 17 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
BMTTDning mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger o‘zining rasmiy ikki kunlik tashrifini chog‘ida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga sodiqligini yana bir bora tasdiqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting