Farg‘onada YHXB Yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat faoliyatiga aralashib, qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uni urmoqchi bo‘lgan fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Berdialiyev va podpolkovnik Oybek Qulbekov yangi lavozimga tayinlandi.
«Forish» poligonida o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik harbiylar tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy va taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
2020 yil yanvardan yer uchastkalarini olib qo‘yishning yangi tartiblari kuchga kiradi. Kelishilgan tovon puli to‘lanmasdan turib ko‘chmas mulkni buzishga ruxsat berilmaydi.
Ta’lim, sport va diniy muassasalarga 200 metrgacha masofada alkogol va tamaki mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi.
IIV to‘sqinliksiz harakat qilish huquqiga ega transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit bergani uchun jarimalar miqdorini ikki barobar oshirishni taklif qilmoqda.
21 noyabrdan O‘zbekiston hududida havoning asta-sekin sovishi kutilmoqda. Mamlakat shimolida kechasi −10…−15, kunduzi −2…−7 darajagacha tushishi mumkin.
Namangan viloyatining Uychi tumanida bir oila is gazidan zaharlandi. Ona va ikki farzand vafot etdi, ota shifoxonaga yotqizildi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Qirg‘izistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga taqiq qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
SSV Chiroqchi tumanida 7 kishidan iborat oilaning uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanganiga izoh berdi.
Jizzax viloyatida Cobalt avtomobili va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvi natidasida ikki kishi, jumladan uch yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi.
«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.
O‘zbekistonda 2020 yil fevralidan iste’mol xususiyatini yo‘qotgan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini olish boshlanadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik va haroratning keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Havo bulutli bo‘ladi, kunduzi havo harorati + 10 … + 15 darajagacha isiydi.
Prezident 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«LUKOYL» rahbar xodimi tomonidan ishchilarning haqorat qilinishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Ivan Shilov kompaniyaning Moskvaga kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi besh erkak tomonidan zo‘rlangan ayol masalasi nazoratda ekanini ma’lum qildi.
Qashqadaryodagi «Jarquduq» majmuasida ishchilarning haqorat qilingani yuzasidan dastlabki izoh berildi. «Lukoyl» MCHJ vaziyat atayin uyuushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
AOKA rahbari Komil Allamjonov bloger Nafosat Olloshukurovaning shifoxonaga yotqizilishi uning faoliyati bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, jazolovchi psixiatriya qo‘llangani haqidagi gaplar provakatsiya ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha onalar o‘limi, gender notengligi va maishiy zo‘ravonlikni batamom tugatish majburiyatini zimmasiga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting