O‘zbekiston Professional futbol ligasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yildan beri yoshi kichraytirilgan jami 8 nafar futbolchini aniqlagan. Liga raqamlashtirish sohasidagi islohotlar tufayli bunday muammolarni yaqin yillarda butkul yo‘q qilishga ishonch bildirdi.
O‘zbekistonda yosh sportchilarni topish, saralash va tayyorlashning raqamli tizimi joriy etiladi. Maktab o‘quvchilarining biror sport turiga qobiliyati aniqlanib, elektron platformaga kiritiladi, sport maktablari va federatsiyalar esa atletlarni tanlab oladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2024-yildan buyon O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan figurali uchuvchilar Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish juftlik yo‘nalishida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
22-fevral kuni O‘FA prezidenti lavozimi uchun navbatdan tashqari saylov bo‘lib o‘tadi. Assotsiatsiya a’zolari DXX sobiq rahbari Abdusalom Azizovdan bo‘shab qolgan lavozimga xizmatning amaldagi raisi Bahodir Qurbonov nomzodini ilgari surdi.
Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa ketma-ket ikkinchi yil OCHda peshqadamlik qilmoqda.
O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub qildi. Jamoa musobaqa davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi.
2021-yildan buyon AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi. “O‘zbekistonda muhit o‘zgarganini, federatsiyada sportchilarga e’tibor paydo bo‘lganini his qilmaganimda qaytmas edim”, — deya ta’kidladi u.
Bangladeshda bo‘lib o‘tayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida barcha to‘rt uchrashuvda g‘alaba qozondi va turnir finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o‘yin 12-fevral kuni Indoneziyaga qarshi bo‘ladi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyodagi eng qadimiy va kuchli turnirlardan biri — Veyk-an-Zeyedagi Tata Steel Chess’da uchinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillardagi kabi, u g‘alaba qozonishga yaqin edi, lekin finishda uch marta qoqildi.
Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida Diyora Keldiyorovaning Parijdagi Olimpiadada yaponiyalik Uta Abeni yenggani “Yil voqeligi” deb topildi, uning ustozi Marko Shpitka ayollar terma jamoalari o‘rtasida eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik shaxmatchi Rameshbabu Vayshalidan Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tgan Tata Steel Chess turnirida o‘yin oldidan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun shaxsan uzr so‘radi. U shaxmatchi qizga gullar va shokoladlar berdi hamda omma oldida kechirim so‘radi.
Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga o‘tish o‘yinlari uchun qur’a tashlandi. “Manchester Siti” nimchorak final yo‘llanmasi uchun “Real” bilan o‘ynaydi. Bu juftlik g‘olibini esa keyingi bosqichda “Atletiko” yoki “Bayer” kutadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rais etib saylandi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev nufuzli Tata Steel Chess turnirida hindistonlik shaxmatchi ayol Rameshbabu Vaishali bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. U diniy sabablarga ko‘ra boshqa ayollarga teginmasligini tushuntirdi.
Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yaqinda “Siti” tarkibiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazdi. “U juda yosh, u hali o‘rganadi”, — dedi Pep Gvardiola Husanov haqida.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Temur Kapadze jamoa o‘quv mashg‘uloti yig‘inida ishtirok etish uchun Dohaga bordi. “Biz xuddi askardek, vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak”, — dedi u. Murabbiy JCHga chiqish uchun futbolchilarning qobiliyati ham, kuchi ham yetishini ta’kidladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bunda uning “murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei” inobatga olindi. Avvalroq sobiq murabbiy Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sabab vazifasidan ozod etilgandi.
Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi. Ravshan Ermatov O‘FA rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Futbol agenti G‘ayrat Xasbiullin “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Abduqodir Husanovga “Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin ko‘plab klublar, jumladan, Angliyaning 12 jamoasi qiziqish bildirganini aytdi. U futbolchi nima uchun “Siti"ni tanlagani va uning rivojlanishiga kim hissa qo‘shgani haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting