Time jurnali 2022 yilning eng nufuzli insonlari ro‘xatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy, Jo Bayden, Tim Kuk, Opra Uinfri, Rafael Nadal kabi insonlar joy olgan. Putin haqidagi matnni Aleksey Navalniy, Zelenskiy haqida esa Jo Bayden yozgan.
2022 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,51 foizni, yillik nisbatda esa 9,69 foizni tashkil qildi. Oy davomida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, ularning narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Yillik hisobda esa ushbu mahsulotlar 13,1 foizga qimmatlashgan.
2022 yilda O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Avval bu musobaqani Xitoy o‘tkazishi kerak edi, ammo turli muammolarga ko‘ra bundan voz kechdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting