Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Shavkat Mirziyoyev 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinganini aytdi. Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlari tashkil etiladi. Qolaversa, endi barcha talaba qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit beriladi.
Prezident dushanba kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida «Olima ayollar jamiyati» tuzilishi va unga har yili 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. «Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish — bu igna bilan quduq qazishga barobar», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentga o‘zbek tilida minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston madhiyasini aytib bergan Xitoy elchisi, farzandlari mehnati uchun mukofot olgan ona, sabrsiz Gulsanem, 3 oylik chaqalog‘i bilan prezidentdan duo olgani kelgan ayol, «Shuhrat» olgan Yulduz Rajabova va Aziza Qurbonova. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiridan — niqobsiz reportaj (foto, video).
XX asrning boshida ayollar erkaklar bilan teng ish haqi to‘lanishi va ovoz berish huquqiga ega bo‘lish uchun kurashni boshlashdi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p davlatlarda Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarni tabriklash kuni bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, ayollar huquqlari va imkoniyatlari masalasi aktualligicha qolmoqda. “Gazeta.uz” kinofotofonohujjatlar arxividan 1920−1990-yillarda 8-martning nishonlanishiga oid suratlarni taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting