Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.
O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonga tashrif buyurib, Qozog‘iston hukumat rahbari Asqar Mamin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.
Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.
Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun bosh vazir Abdulla Aripovni Toshkent tumanlariga, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni esa viloyatlarga mas’ul etib biriktirdi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, shuningdek uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga hayfsan berildi. Bosh vazir kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moliyaviy yordamni kechiktirgan ayrim mahalla raislarining harakatlarini tanqid qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting