2024/2025 o‘quv yili uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Xususan, 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Grantda o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, kontraktda esa 94,7 bo‘ldi.
18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.
O‘zbekistonda davlat OTMlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak. Mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
O‘zbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 46,9 foizi, ya’ni 345 ming 869 nafari o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi.
9-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Uni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlarini kiritgan holda olish mumkin.
2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.
O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.
Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirishda testda qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Hujjat topshirganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan.
Endilikda OTMlarda davlat granti butun o‘qish davri uchun bir talabaga berilmay, har yili yuqori baholar olgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. “Grantga kirgan talaba keyingi o‘quv yilida ham grant uchun kurashishi kerak”, — dedi “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” direktori Adham Xudoyqulov.
O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Shuningdek, agar abituriyent 1-yo‘nalishga kirolmagan, biroq qolganlaridan birida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa, 1-yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qishi mumkin.
Ko‘pchilik imtihonda maksimal ball to‘plaganiga qaramasdan, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz sabab kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Faollar bunday imtiyozni “o‘ta adolatsiz” deb atadi. Vazirlik maksimall ball to‘plagan 200 nafar talabaga “prezident granti” berilishini ma’lum qildi.
Bu yil oliygohlarga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyentning 948 486 nafari test sinovida qatnashadi. Ularning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni tanlagan. Qolaversa, eng ko‘p — 33 721 nafar abituriyent har yilgidek O‘zbekiston milliy universitetiga o‘qishga kirish niyatida.
2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 200 mingtaga kam. Talabgorlarning eng ko‘pi Milliy universitetni tanlagan — 36 782 nafar.
Fotosuratchi Xolida Musulmon 2022-yil iyul oyida Jizzax viloyatidagi xonadonlarning birida tashkil etilgan abituriyentlarning o‘ziga xos tayyorlov markazida ikki kun yashab, ularning o‘qish va turmush sharoitlarini tasvirga tushirgan edi. “Gazeta.uz” uning fotohikoyasini taqdim etadi.
2023−2024 o‘quv yilidan bitiruvchilarning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kerak edi. Bilimni baholash agentligi ushbu tartib 2 yilga kechiktirilganini ma’lum qildi.
Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga o‘qishga kirishda yuqori ball to‘plagan, ammo soxta natijalar tufayli o‘qishga qabul qilinmagan 145 nafar abituriyent ishi ko‘rib chiqilib, ular talabalikka tavsiya etildi. Oliygoh qabul komissiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.
2022−2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Buni 6 xil usulda bilib olish mumkin.
XTV va DTM abituriyentlar to‘plagan ballarni avvalgi yillar bilan solishtirib chiqdi. So‘nggi 2 yilda o‘tish balini to‘play olmagan maktab bitiruvchilari salmog‘i pasaygan, deyiladi XTV ma’lumotida. O‘tish balini to‘play olmagan abituriyentlarning har 5 tadan biri (108 ming) maktabni joriy yilda bitirgan.
2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting