«abu-dabi» tegli maqolalar


Prezident “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilishida ishtirok etdi
14 yanvar 2025, 15:04

Prezident “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilishida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir kun tartibidan “yashil” iqtisodiyotda innovatsiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

TIVda BAA elchisi bilan Abu-Dabida O‘zbekiston fuqarolarining ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi
2 dekabr 2024, 22:46

TIVda BAA elchisi bilan Abu-Dabida O‘zbekiston fuqarolarining ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik erkak fuqarolarning ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi
1 dekabr 2024, 20:04

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi

Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan 10 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytib keldi. Hamma o‘z hisobidan chipta sotib olishga majbur bo‘ldi. “Ushlab turishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. Dubayga uchib kelgan tanishlarimiz hech qanday muammoga duch kelmadi”, — dedi yo‘lovchilardan biri.

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda
1 dekabr 2024, 09:13 1

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda

Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan.

Diyora Keldiyorova yana jahon chempionatida kumush medal oldi. Uning finalgacha bo‘lgan yo‘li
20 may 2024, 18:26

Diyora Keldiyorova yana jahon chempionatida kumush medal oldi. Uning finalgacha bo‘lgan yo‘li

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova ikkinchi marta jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. U finalda azaliy raqibi italiyalik Odett Gyuffridaga mag‘lub bo‘ldi. Diyoraning chempionatdagi bahslari haqida batafsil tanishing (foto, video, statistika).

Air Arabia Abu-Dabidan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
7 dekabr 2022, 19:21

Air Arabia Abu-Dabidan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

7 dekabr kuni BAAning Air Arabia kompaniyasi «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Aviakompaniya parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun 2020 yilning sentabrida ruxsatnoma olgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Airbus-320−214 havo kemalarida amalga oshiriladi.

WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
13 oktabr 2022, 14:46

WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

BAAning WizzAir Abu Dhabi loukoster aviakompaniyasi 13 dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi ko‘rsatilgan.

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi
12 sentabr 2022, 16:24

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi

Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $300 mlnga yaqin kredit ajratadi. Mablag‘lar yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga jo‘nab ketdi
15 may 2022, 15:16

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari 13 may kuni vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning ta’ziya marosimida ishtirok etadi. Tashrif davomida mamlakatning yangi prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkaziladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 yanvar 2022, 23:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlangani, Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangani, Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishining halok bo‘lgani, Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

BAAning Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
22 sentabr 2020, 18:31

BAAning Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

BAAning Air Arabia kompaniyasiga «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting