Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.
Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejasi bilan tanishdi. U yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
15-maydan boshlab mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralari ishga tushadi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk terminali quriladi. Hozirgi terminal 30 ming tonna sig‘imga ega, biroq 2024-yilda u ikki barobardan ko‘proq yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilishi kutilmoqda.
Toshkent aeroportining uchib kelish zalida 1-apreldan boshlab Sixt Uzbekistan brendi ostidagi taksi xizmati faoliyat boshladi. Bu ushbu aeroportdagi Taxi Airport Tashkent`dan keyingi ikkinchi rasmiy taksi hisoblanadi.
Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Pavilonni bahorda qurib bitkazish rejalashtirilgandi, lekin boshlangan ish birdan to‘xtatilgan. Uzbekistan Airports kompaniyasi bu terminal kengaytirilgunga qadar vaqtinchalik yechim ekanini qayd etdi.
Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a aeroportida olomon “yahudiylarni respublikadan chiqarib yuborishni talab qilib” to‘plandi. Aeroportga kirgan odamlar tartibsizlik uyushtirib, Isroildan kelgan yo‘lovchilarni so‘roq qildi. Tartibsizliklar oqibatida 20 dan ortiq kishi jabrlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.
1-oktabrdan Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ta’mirlanayotgan ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklandi. 10 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi (xarita).
Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketuvchilar uchun bojxonaning qizil va yashil yo‘laklari o‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi. U vaqtni tejaydi, jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklari vizual nazoratdan o‘tadi. Yangi tartib haqida batafsil “Gazeta.uz” reportajida.
Toshkent aeroporti mahalliy terminali oldidagi panjara demontaj qilinib, rekonstruksiya ishlari boshlandi. Binoga mashinada kirib borish va 5 daqiqagacha qolish mumkin. Yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar oldidagi maydonning rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanadi.
Shavkat Mirziyoyev qariyb 6 yildan beri qurilishi ketayotgan “Toshkent-Sharqiy” biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi. Hozir uning uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP-terminal binosi qurib bo‘lingan. Prezident hududda yana bir terminal qurishni va aerovokzal loyihasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.
Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.
Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarga qo‘yilgan reyslar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlarning ham ayrimlari bekor qilindi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida parvozlar bekor qilindi, ba’zi reyslar kechiktirildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.
Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari faoliyati qalin tuman tushishi sababli cheklandi. Parvozlar o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways`ning Moskva va Jidda parvozlari, shuningdek, Rossiyaning Azimut aviakompaniyasiga tegishli Mineralniye Vodi — Toshkent reysi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting