Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi. U dunyodagi shunday omborlarning sakkizinchisi bo‘ldi. Har yili tarmoq inqirozlarga javob berish uchun 500 mln dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Prezidentga loyiha donorlari bilan olib borilayotgan ishlar, yo‘l uchastkasini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha shartnomani uzaytirdi. Liniyaga xizmat ko‘rsatish “O‘zbekiston temir yo‘llari” shu’ba korxonasi hisoblangan “Sogdiana trans” MCHJda saqlanib qoladi.
Afg‘onistonning Balx viloyatiga “Salomatlik” poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun davomida 1300 dan ortiq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Foto.
O‘zbekiston Afg‘onistonga oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan birga “salomatlik poyezdi” jo‘natdi. O‘zbekistonlik shifokorlar 25−30-dekabr kunlari Balx viloyatida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari 2025-yilda Afg‘oniston bozoriga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini ham muhokama qildi.
BMTning Afg‘onistondagi missiyasi “Tolibon” uch yil avval hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan 256 marta hibsga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, u yerdagi rasmiylarni ommaviy axborot vositalarini himoya qilishga chaqirdi.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi.
Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.
Germaniya hukumati uch yildan so‘ng afg‘onistonlik mahkumlarni vataniga deportatsiya qilishni tikladi. Avvalroq OAV Berlin O‘zbekiston va Kobulning boshqa qo‘shnilari bilan afg‘onistonliklarni ular orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida Mozori Sharifda ming talabaga mo‘ljallangan madrasa qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 6 mln dollar ajratilgan bo‘lib, obyekt bir yil ichida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Tolibon Afg‘onistonda ayollarga “vasvasaga tushmaslik va boshqalarni ham vasvasaga solmaslik” uchun yuzlari ochiq holda sahnada ko‘rinishni, shuningdek, jamoat joylariga chiqishni rasman taqiqladi. Taqiqlar Illatlar va fazilatlar to‘g‘risidagi qonunlarning birinchi deklaratsiyasiga kiritildi.
Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga bordi. Tashrifda savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazish, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish muhokama qilindi. Afg‘onistonlik tadbirkorlarni O‘zbekistonda faol ishlashi borasida kelishuv imzolandi.
Afg‘onistonda Naybobod temiryo‘l stansiyasi ochildi, u va uning Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif liniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan qayta tiklandi. Ochilish marosimida stansiyaga birinchi yuk vagonlari yetib keldi.
Bir qator YI davlatlari Afg‘onistonda 2021-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting