Prezident chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 334 nafar mahkumni afv etdi. Ularning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayollar, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar tashkil etadi.
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan 541 kishi afv etildi. Ularning orasida 36 nafar chet el fuqarosi, 136 nafar ayol, 75 nafar 60 yoshdan oshgan erkak hamda 6 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar bor.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra mamlakat tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Prezident Ramazon hayiti arafasida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.
Navro‘z arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 75 nafar shaxsni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Ular orasida 18 nafar chet el fuqarolari, 17 nafar ayollar, 6 nafar nogironlar bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan 104 nafar fuqaroni afv etdi. Afv etilgan shaxslarning 6 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 50 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 17 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting