Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan forumda “Agrobank” Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan ikkita mukofot bilan taqdirlandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro investitsiya forumida “Agrobank” Germaniya banklari bilan jami qiymati 50 mln yevrolik ikkita hamkorlik bitimini imzoladi.
«Agrobank» ATB Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan bankning Qamashi filiali tomonidan 4 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. «OAV orqali ma’lumot tarqatish shaxsning huquqini poymol qilish va bankni obro‘sizlantirish deb hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
«Agrobank» Qarshi filiali rahbari 1998 yilda «o‘lgan» deb topilgan fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘radi. Bundan norozi fuqaro murojaat yo‘lladi. Bank holatga izoh berib, qonuniy hujjatlar bankka to‘liq taqdim etilgach, kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting