Prezident farmoni bilan yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun “barcha kuchlarni safarbar qilish” belgilandi. Shu bilan birga, aholi “sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i” bilan ta’minlanishi kerak.
Prezident farmoni loyihasi bilan 2025-yil yakunigacha O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi yoqilg‘ini sotish va ishlatishni cheklash taklif etilmoqda. Avvalroq Ai-80 benzindan voz kechish maqsadi 2028-yilga qoldirilgandi. Shuningdek, IESlarda mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi. Yillik hisobda narx deyarli 34 foizga oshdi.
Energetika vazirligi birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirilganini ma’lum qildi. 6-dekabrgacha 2000 tonna Ai-80 benzini chiqarib kelingan bo‘lsa, 12-dekabr kuni bu miqdor 8000 tonnadan oshdi. Shunga qaramay, benzin narxi deyarli o‘zgarmayapti.
O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan foydalanishni taqiqlash 2028-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq 2025-yildan boshlab ushbu markadagi yonilg‘idan voz kechilishi xabar qilingan edi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.
Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz”ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi.
26-fevraldan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.
O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.
O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.
O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.
31-dekabrda Ai-80 benziniga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. Endi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin narxi 6800 so‘mdan sotilmoqda (bungacha 6050 edi), xususiy shoxobchalarda esa qimmatroq.
Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilishi talabning bir necha barobar ortishiga va xaridorlarning ikki baravar qisqarishiga olib keldi, deb yozmoqda Spot. Ayrim AYOQSHlar faoliyatini to‘xtatdi. Birjada narx cheklovi ham kiritilgan bo‘lib, bu “bozor tamoyillariga zid”.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi benzin sotib olishdagi cheklovlar tufayli taqchillik ehtimoli borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Qo‘mitaga ko‘ra, 17-oktabrdan benzin xaridi limiti 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilgan. Taqchillik va narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.
Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.
«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarni birja orqali olingan benzinning ba’zi xususiy AYOQSHlarda sotilmayotgani, narxlar sun’iy oshirilayotgani, shuningdek, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan izohladi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi AI-80 benziniga talab ortib borayotganini qayd etdi, biroq AYOQSHlarida ushbu markadagi yoqilg‘i taqchilligi kuzatilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Import qiluvchilar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishi kamayishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga bo‘lgan talab ortmoqda, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
Juma kunidan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli respublikadagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markali benzin narxi 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi.
2022 yildan boshlab «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Birinchi marta bunday rejalar 2020 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting