Yangi Air Samarkand aviakompaniyasining Airbus A330−300 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi. Yaqin kunlarda kompaniya parkini ikkinchi — o‘rta masofali Airbus A321 samolyotini bilan to‘ldiradi va yil oxiriga qadar 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Airways parki o‘n sakkizinchi Airbus — A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyotda bitta klass bo‘ladi — ekonom. Keyinroq salon ikki toifaliga aylantiriladi. Fyuzelaj rangi ham soddalashtirilgan — kompaniya tez orada samolyotlar tashqi ko‘rinishini yangilashni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.
Fransiya O‘zbekistonga umumiy qiymati salkam 800 mln yevroga teng 12 ta Airbus A320neo va A321neo samolyotlari, shuningdek, 5 ta ATR 72−600 samolyotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, ikkita Airbus H145 vertolyotini xarid qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Aviakompaniya hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi «savdo urushi» ning natijalari, BMT bosh kotibining qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirgani, Airbusdan yangi samolyotlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting