O‘zbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etib, so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. Nikohdan ajrashishlar soni esa 48,7 mingtani tashkil etib, oxirgi 5 yilda ko‘paygan.
Yunusobod tumanidagi mahalla raisining birinchi o‘rinbosari prezident bilan uchrashuvda nikohdan keyin 2−3 yil muddatga ajrashishlarni taqiqlashni va televideniyega senzura qo‘yishni taklif etdi. U «o‘zbek mentalitetiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan» deb hisoblaydigan Yor-Yor dasturini misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev cheklash va taqiq qo‘yish bilan muammo hal bo‘lmasligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting