“Toshkent” respublika fond birjasining qarori bilan “Xalq banki” ATBning aksiyalari birjaga chiqarildi. Bank davlat ulushi xalq IPO`si orqali sotiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida bosh sovrini Malibu bo‘lgan yutuqli o‘yin 22-yanvardan boshlab har shanba ZO’R TV orqali efirga uzatilmoqda. Biroq, SSV ta’kidlaganidek, lotereyada hozirga qadar vaksina olgan hamma emas, balki faqat 15-yanvardan keyin emlanganlar qatnashmoqda. Tanlov shartlarining e’lon qilingan va’dalarga to‘g‘ri kelmasligi haqida “Gazeta.uz” surishtiruvida.
“Kapitalbank” aksiyadorlik jamiyati banki 215,3 mlrd so‘mlik aksilari emissiyasini joylashtirdi. Ushbu aksiyalarni Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Telekominvest” MCHJ xarid qildi.
«Moya mechta», «Dushka» va boshqa nomlar ostida yog‘, margarin, mayonez kabi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan Toshkent yog‘-moy kombinati ustav kapitalidagi 55,96 foizlik davlat ulushi birja savdolariga qo‘yildi.
Davlat boshqaruvidagi muammolarning aksariyati, odatda, korrupsiya va talon-taroj qilish holatlariga bog‘liqdek tuyuladi, ammo undanda ko‘proq zararni amaldagi qonunchilikka zid qabul qilinib, ijro etilayotgan, bozor mexanizmlari va xususiy investorlarning manfaatlarini inobatga olmagan holda qabul qilingan tugallanmagan qarorlar yetkazadi. Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov maqolasi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting