Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga aksiya sotib olish, xodimlarga o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilish ustuvor huquq berish, dividendlar bo‘yicha imtiyozlarni 2028-yil oxirigacha uzaytirish kabilarni nazarda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Prezident 2023−2025 yillarda isloh qilish va operatsion samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir» va «O‘zbekneftgaz» bor. Davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligiga, boshqaruv esa UzAssets`ga topshiriladi.
Uzauto Motors oddiy aksiyalari «Toshkent» fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritildi. Kompaniya aksiyalarini fond bozorida keng ommaga taklif etish jarayonlari 2022 yilning IV choragidan boshlanadi.
«O‘zmetkombinat» «ba’zi investorlar tomonidan aksiyalarni sotish bo‘yicha insofsiz harakatlar» sodir etilgani sababli kompaniya aksiyalarini sotish to‘xtatilganini ma’lum qildi. So‘nggi hafta davomida zavod aksiyalari narxi 2,5 barobarga arzonlashib ketgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting