O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, — dedi prezident.
O‘zbekistonda ham dasturchilar orasida xotin-qizlar ulushi yildan-yilga oshmoqda. “Gazeta.uz” AKT sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan IT’dagi o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Ular hozirgi loyihalari, kelajak rejalari, muammo va to‘siqlar va jamiyatdagi stereotiplar haqida gapirdi.
Prezidentga IT sohasi bo‘yicha uchta dastur taqdim etildi. Zero Risk IT xizmatlari eksport qiluvchilarni jalb qilishga qaratilgan. Local to Global IT kompaniyalarga jahon bozoriga kirishda yordam beradi. “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni IT`ga o‘rgatadi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining reytingini tuzdi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kirdi. Indeks 2015—2021 yillar uchun hisoblangan.
Prezident tomonidan 2022−2023 yillarda AKT sohasini rivojlantirishga doir qaror imzolandi. Unga muvofiq, 2023 yildan boshlab sohadagi startaplar rivoji uchun mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov UzIMEI yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun kerakligini ta’kidladi. «IMEI kerak emas, IMEI`ni yo‘q qilinglar, degan gaplar tagida noqonuniy bozordan „dolya“ olib, foyda qilib turganlarning lobbisi turibdi», — dedi vazir Kun.uz nashriga bergan intervyusida. Shermatov UzIMEI pulli ekanligiga to‘xtalib, uning soliq ekanligini qayd etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting