O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, ishsiz aliment to‘lovchilarga esa 10 foizga oshadi.
Hukumat qarori bilan davlat faqat birgina holatda — voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs o‘rniga alimentni to‘lab beradi. Mablag‘ni Aliment to‘lovlari jamg‘armasi ajratadi. Keyinchalik MIB qarzdordan ushbu mablag‘ni undirib oladi.
MIB tomonidan 13 yoshli bolakayga «voyaga yetmagan bolalar uchun aliment to‘lamaganligi uchun» taqiq qo‘yilgani aniqlandi. U o‘z onasi bilan Rossiyaga chiqib ketayotganida aviareysdan to‘xtatib qolingan. MIB ushbu holat «texnik xatolik sababli» yuz bergani va davlat ijrochisiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi. Qolaversa, moddiy zararni undirish uchun sudga murojaat qilish so‘raldi.
Prezident farmoni bilan aliment to‘lovchining qarzi va jarimalari aliment to‘lovlari to‘liq qoplangandan so‘ng undirilishi belgilanmoqda. Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga alimentdan qarzi mavjud shaxslarga avtomobil boshqarish, ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish va uylanishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish vazifasi yuklatildi.
Prezident 172 ming nafar ota o‘z farzandi uchun aliment to‘lamagani, bugungi kunda jami 115 mlrd so‘m qarzdorlik mavjudligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinchalik MIB qarzni undirib oladi. Buning uchun «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi tashkil etilib, unga dastlab 50 mlrd so‘m ajratiladi.
Aliment to‘lamaganligi sababli transport vositasini haydashga cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Boshqarish huquqi cheklangan fuqarolarning reyestrini shakllantirish va qarzdor tomonidan transport vositasini boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash kabi choralar qo‘llash taklif etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting