Antikorrupsiya agentligi jami 6 nafar mansabdor — Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumanlari hokimlari, Antidoping agentligi, Axborotlashtirish bosh markazi va Ipakchilik qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berish choralari ko‘rilmoqda.
Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.
Oilasi bilan saylovda ovoz bergan Senat raisi va hukumat rahbari, bosh prokuror, vazir va viloyat hokimlarining saylovda ishtiroki, “kelajagi uchun ovoz bergan” Komil Allamjonov — “Gazeta.uz” ularning saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.
SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting