AOKA Kun.uz ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani, «Gazeta.uz», Daryo.uz va boshqalar esa koronavirus bemorlari statistikasi shubha ostiga olingani va rasmiy izohlar taqdim etilmagani uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi — jamoatchilik fikrini yetkazib turish va muammolarni muhokama qilish orqali ularning hal qilinishiga hissa qo‘shishdan iborat. Ularning «og‘zini yopish»ga urinishlar hokimiyat uchun ham, butun jamiyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Komil Jalilov maqolasi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Gazeta.uz»ni COVID-kasalxonalari bemorlari statistikasi va SSVning koronavirus bemorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan yangilikni e’lon qilgani uchun «jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida ogohlantirdi. Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni «noqulay» savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz.
Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.
Yil boshidan buyon AOKA ommaviy axborot vositalariga 90 ta ogohlantirish yubordi. Davlat telekanallariga 20 ga yaqin xat kelib tushgan bo‘lsa, Zo’r TV va Sevimli kanallari mos ravishda 7 va 5 ta ogohlantirish olgan. Gazeta va jurnallar 29 marta, internet nashrlari 22 marta ogohlantirildi.
Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.
AOKA UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud jarayonini yoritayotgan OAVga bosim o‘tkazgani haqidagi ma’lumotini o‘rganib chiqib, ayblov isbotini topmaganini ma’lum qildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda populizm haqida aytilgan gaplar noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi. AOKA rahbari Asadjon Xodjayev yig‘ilishda «rahbarlarning ommaviy bayonotlar bilan chiqishga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi» aytib o‘tilganini ta’kidladi.
22 avgustdan abituriyentlar DTM saytidagi shaxsiy kabinetidan abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin. Shuningdek, hujjat to‘ldirishda kiritilgan telefon raqamiga bu haqdagi SMS-xabar yuboriladi. Imtihonlarning qanday o‘tishi va tashkillashtirilishi bo‘yicha ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
Turli yillarda Intellektual mulk agentligi, Milliy kutubxona, prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan Asadjon Xodjayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting