Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va protest bildirish tartibi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudida asosiy figurant Dauletmurat Tajimuratov suddan Xorazm huquq-tartibot idoralaridan “Nukusda Ichki ishlar vazirligida qiynoqlar bo‘lganmi yoki yo‘q?” savoliga javob olishni so‘radi. Sud Bosh prokuraturaga ichki ekspertiza o‘tkazish uchun xat yubordi.
Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha birinchi sud jarayonida qatnashgan 22 nafar mahkumdan 16 nafarining apellatsiya ishi ko‘rib chiqiladi.
Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting