Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Avvalroq bosh vazir Pashinyan loyiha YIga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni anglatmasligi va bu masala bo‘yicha qaror referendum orqali qabul qilinishini aytgandi.
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.
Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.
Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.
Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.
Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.
Ozarbayjon va Armaniston bir-birini chegara hududini o‘qqa tutishda aybladi. Bokuda bir kishi yaralangani xabar qilindi. Yerevan to‘rt arman askari halok bo‘lganini bildirdi. Bu Ozarbayjonning Qorabog‘dagi harbiy amaliyotidan buyon ikki davlat o‘rtasida yuz bergan eng jiddiy chegara to‘qnashuvi hisoblanadi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bir necha oy ichida Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda hujjat loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Rossiya Davlat dumasi Armaniston haydovchilik guvohnomalarini mamlakat hududida tan olinishi noma’lum muddatga qoldirdi. Duma spikeri Vyacheslav Volodin Armaniston bu orqali imtiyozlarga ega bo‘lishini, lekin uning rasmiylari “rus tili maqomini mustahkamlash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmayotganini” ta’kidladi.
Armaniston deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qullab ovoz berdi. Bir hafta oldin Rossiya TIV Armanistonni buning oqibatlari haqida “ogohlantirgandi”. Mazkur sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan.
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.
Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert shahri yaqinida yonilg‘i omborining portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 290 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Tan olinmagan respublika vakillarining xabar berishicha, ombor Qorabog‘dan Armanistonga ketayotganlarni benzin bilan ta’minlagan.
Bir kun avval evakuatsiya boshlanganidan buyon Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 6500 dan ortiq qochqin yetib keldi. Tan olinmagan respublika rasmiylari hududni 120 mingdan ortiq etnik armanlar tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tan olinmagan respublika armiyasi qurolsizlantiriladi. Ozarbayjon vakillari bilan hududdagi armanlarning reintegratsiyasi yuzasidan muzokara o‘tkaziladi.
Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun” Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror tadbirlari” boshlaganini e’lon qildi. Tan olinmagan respublika poytaxti Stepanakert artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Mudofaa vazirligi bayonotida fuqarolik obyektlari va tinch aholi nishonga olinmayotgani aytilgan.
Armaniston va Ozarbayjon Moskvadagi uchrashuvda bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlar munosabatlarni tartibga solish yo‘lida “ildam qadamlar tashlayotganini” bildirdi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting