Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Idoraviy elektron arxiv” onlayn tizimi taqdim etildi. U idoralararo hujjat aylanish tizimi (edo.ijro.uz) bilan integratsiyalashgan va hujjatlarni onlayn saqlash uchun arxivga o‘tkazish imkonini beradi.
O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting