Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi.
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.
SSV ma’lum qilishicha, “Anhor — Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondan yig‘ilgan ikki fuqaroning holati o‘rta og‘ir darajada. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan shahridagi istirohat bog‘ida 12 yoshli bola attraksionda aylangan vaqtida boshidan jarohat olib vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tarqalgan videolarga ko‘ra, voqea 30 ga yaqin o‘quvchi maktab jamoasi bilan aylanishga chiqqanda sodir bo‘lgan.
Rishton tumanidagi “Ar-Roshidoniy“ bog‘idagi 17 yoshli qiz tushib ketgan attraksion qo‘lbola usulda yasalgani, texnik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmagan. Jabrlanuvchi esa voqea vaqtida himoya zanjirini o‘z qo‘li bilan bo‘shatib yuborgani aytilmoqda.
Buxorodagi «Somoniylar» istirohat bog‘ida uch kishi, jumladan, yosh bola qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting