Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishini ma’lum qildi. Jismoniy shaxslar bu maqsadda so‘nggi 3 yilda sotib olgan yerlarning aksariyatida qurilish boshlanmagan.
Hukumat qarori bilan o‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga berilishi belgilanmoqda. Ijarachilar talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini ilova qiladi. Tanlovda g‘olib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi o‘quv yili uchun tuziladi.
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.
Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi.
Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.
Toshkentda mahallalardagi yer uchastkalari sotiladigan va ijaraga beriladigan projects.toshkentinvest.uz platformasi ishga tushdi. Yig‘ilgan mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi hokimlik. Shahar ma’muriyati sotuvga qo‘yilgan bolalar maydonchasiga ham izoh berdi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
Toshkentdagi Qatortol bozori yonida joylashgan Xalq banki bosh ofisi binosi salkam 120 milliard so‘mga sotildi. Auksionda yagona taklif Oazis Samarkand umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etildi.
“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.
Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi binosi yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Boshlang‘ich qiymat o‘zgarishsiz qoldi — 171,47 mlrd so‘m.
Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” ma’muriy binolari elektron auksionda Black Gold Industry kompaniyasi tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olindi. “Aloqabank” auksiondan bir kun avval ushbu kompaniyaga 15 yil muddatga 14 foiz stavkada 390 mlrd so‘m kredit bergan.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, bo‘nak puli (zakalat) esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Tuzilgan bitimlarning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.
«Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov 2021 yilda tinchlik bo‘yicha qo‘lga kiritgan Nobel mukofotini auksionga qo‘ydi. Boshlang‘ich narxi $700 minglik lot bir necha daqiqada $16,6 mlnga ko‘tarildi, yakunda esa $103,5 mlnga sotildi. Mablag‘lar ukrainalik qochqinlarning oilalariga yordam berishga sarflanadi.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 35 ga cho‘lli maydonda 100 ming tupdan ortiq saksovul ekib, tuproq ko‘chishiga qarshi kurashib kelgan Nomoz Jumayev viloyat hokimligi ushbu yerga egalik huquqini unga bermayotganligini aytdi. Hokimlik prezident farmoniga ko‘ra, endilikda yer faqat auksion orqali sotilishini ta’kidlamoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxt markazida 0,26 gektar maydonda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli binoni sotuvga qo‘ydi. Lotning boshlang‘ich narxi — 66,52 mlrd so‘m etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting