2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 2144 ta yo‘l transport hodisasi oqibatida 499 kishi vafot etdi.
Qashqadaryodagi yo‘llardan birining chetiga avariyaga uchragan avtomobil o‘rnatildi. O‘zbekiston IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, bu yo‘llardagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi.
Taxtaqoracha dovonida yuk mashinasi pastlikka qulab, yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi kabinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekistonda olti oyda 3559 ta YTH sodir bo‘ldi (bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga kam), ularda 2775 kishi jarohat oldi (-2,4%), 784 kishi esa halok bo‘ldi (-13,9%). YTHlarning qariyb to‘rtdan biri tezlikni oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Salkam yarmi esa piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq.
2020 yilda pandemiya davrida baxtsiz hodisalar hamda ularda halok bo‘lgan va jarohatlar soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar kamayganidan so‘ng, 2021 yilda bu ko‘rsatkichlar keskin oshdi. Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish va harakatni noto‘g‘ri tashkil etishdir. Piyodalar o‘tish yo‘laklarida qancha odam urib yuborilgan bo‘lsa, belgilanmagan joylarda ham shuncha odam qurbon bo‘lgan.
2021 yilda O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan. Avariyalar oqibatida 2,5 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, shundan 263 nafar yosh bola hisoblanadi. Prezident videoselektorda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qaraganda yo‘llardagi avariyalar oqibati odamlar ko‘proq vafot etayotganini ta’kidladi. «Nimaga kuyib-pishmaymiz? Nimaga o‘lim ko‘payyapti?», — deb so‘radi u. Prezident haydovchilarni o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Darsga bormasdan guvohnomani olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?», — dedi u.
O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Respublikada yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting