Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni oy davomida 3,5 foizga, yil davomida esa 20,8 foizga kamaydi. Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari ikki oylik pasayishdan keyin o‘sishni boshladi. Poytaxtda ikkilamchi xonadon narxi o‘rtacha 1 kv metr uchun 1128 dollarni tashkil qildi.
O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.
Futzal muxlislariga poyezd uchun chegirma beriladi, avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yo‘li bilan beriladi, tibbiyot chiqindilari issiqlik energiyasi uchun ishlatiladi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Odatda, avgust O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil oy bo‘lsada, bu yil uning so‘nggi kunlarida ayrim hududlarda bir sutkalik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, 2023-yilgi avgust oyi avvalgilariga qaraganda sovuqroq bo‘ldi.
O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.
O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting