Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.
O‘zbekistonda eng katta hisoblangan “Kattaqo‘rg‘on” poligonida 17-noyabrda Mi-8 vertolyoti quladi, uning butun ekipaji halok bo‘lgan. Bu oxirgi 20 yilda O‘zbekistonda harbiylar jabrlangan yagona aviahalokat emas. “Gazeta.uz” O‘rtachirchiq, Farg‘ona va Sherobodda yuz bergan baxtsiz hodisalarni yodga oladi.
Kuchli qor va bo‘ron sharoitida Toshkentdan uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Filippinning janubi-g‘arbiy qismida C-130 samolyoti qulashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 47 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakillari bor. Hodisa natijasida 49 nafar askar jabrlangan.
10 yanvarda aviahalokatga uchragan Indoneziya Boeing 737−500 samolyoti kuchli turbulentlikka dech kelishi natijasida qulab tushgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda. Halokat hududida minus 70 darajali yomg‘ir bulutlari kuzatilgan.
Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti qulab tushdi. Bortda Ukraina harbiy havo kuchlari universiteti kursantlari va ekipaj bor edi. 25 kishi vafot etdi, yana ikki kishi og‘ir jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting