Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi 2 maydan boshlab Xoshimin-Toshkent-Xoshimin yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.
Lot Polish Airlines aviakompaniyasi Polshadan O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Birinchi yo‘lovchi charter reysi 10 martga mo‘ljallangan. Reyslar har 10 kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar chiqqan maxsus borti Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga qarab uchib ketdi. Bugun yana bitta maxsus reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan, ikkinchi bort allaqachon Toshkentdan uchib ketdi.
Mart oyidan boshlab Toshkent Ozarbayjonning Boku shahri bilan aviaparvozlarni qayta tiklaydi. Aviareyslar haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi.
15 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi. Toshkentdan Nukus va Urganch shaharlariga haftasiga uch marotaba, Termizgacha haftasiga ikki marotaba aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» esa jami 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 5 ta poyezd qatnovini amalga oshiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting