Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.
Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi marta rasmiy spotting-tur o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq spotter qatnashdi. Foto.
Uzbekistan Airports Toshkentda aviaspotter bolalarning qo‘lga olinishi yuzasidan bayonot berdi. Kompaniya yosh avlodning spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shahar IIBB hozircha holat yuzasidan bayonot bermadi. Hibsga olinganlarning aytishicha, ularga nisbatan munosabat yumshagan.
Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xodimlar ularga baqirib, so‘kib, suratga olish jihozlarini olib ketishdi.
Toshkent xalqaro aeroportida beshinchi rasmiy spotting-tur bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Foto.
Bir paytlar samolyotlar yig‘ilgan Toshkentda hozir aviatsiya muzeyi ham yo‘q. Faollar ko‘p yillardan buyon shunday muzey yaratishga chaqirib kelmoqda. Sobiq TAPOiCh hududidagi bir nechta noyob samolyotlar olib ketilib, yaqin joyda saqlanyapti, ko‘plari mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Hukumat qaroriga asosan O‘zbekiston aeroportlarida aviaspottingga rasman ruxsat berildi. «Agar ilgari aeroportdan kilometr uzoqlikda turib ham samolyotlarni suratga olish taqiqlangan bo‘lsa, endi aeroportlar eshiklarini ochib, do‘stona munosabatda bo‘ladi», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Toshkent aeroportida 15 nafar aviatsiya ishqibozlari ishtirokida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. «Ko‘plab holatlar ta’sirida aeroport jurnalistlar, blogerlar va spotterlar uchun yopiq edi», — dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Tadbir qanday o‘tdi va spotterlar qanday fotosuratlarni qo‘lga kiritdi — «Gazeta.uz» maqolasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting