KPMG Uzbekistan avtobozor tahlili va avtomobil narxini belgilovchi omillarni taqdim etdi. Bojlar “inomarka"lar narxining 70% va undan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan bo‘lishi mumkin. Bozor rivojlanishidagi to‘siqlar murakkab sertifikatlash talablari va yonilg‘i bilan bog‘liq muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda avtomobillar savdosi hajmi ketma-ket uchinchi oyda pasaymoqda, aprel oyida u 19 foizga kamaydi. Pasayish birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham kuzatilmoqda. Elektromobillar savdosi qisqa turg‘unlikdan so‘ng yana o‘sishni boshladi.
Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotganlarga soliq solish tizimi joriy etilishi mumkin. Ushbu chora avtomobillarni qayta sotishda chayqovchilikning oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar soni kamaytirilishi mumkin.
Dekabr oyida faollik sezilarli darajada pasayganiga qaramay, 2022 yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosining rekord darajada o‘sishi qayd etildi. Yil davomida sotuvlar soni 87 foizga oshib, 1,4 million avtomobilni tashkil etdi.
Fevral oyida birlamchi bozordan 28,8 ming, ikkilamchi bozordan esa 99,6 ming dona avtomobil sotib olindi. Avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlar soni o‘tgan oyga nisbatan 13,4 foiz, bir yil avvalgiga nisbatan esa 149,2 foizga o‘sgan. Xorijiy avtomobillar oldi-sotdi shartnomalari soni ham 2,7 barobarga ortgan.
Ikkilamchi bozorda ko‘pgina avtomobil modellarining narxi sezilarli darajada oshdi. Narxlarning keskin o‘sishi yangi mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu holat «ikkinchi qo‘l» avtomobillariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.
Avtomobil bozoridagi talab aprel oyida martga nisbatan 14,1 foizga oshib, o‘sishda davom etdi. Shartnomalar soni ortadi, biroq narxlarning keskin ko‘tarilishi kutilayotgani yo‘q. Ilk bor xorij avtolari haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting