«avtobus» tegli maqolalar


“Yanvarda bu amaliyotni qo‘llamaymiz”. Transport boshqarmasi — chiptasiz yo‘lovchilarni jarimaga tortish haqida
16 yanvar 2025, 18:16

“Yanvarda bu amaliyotni qo‘llamaymiz”. Transport boshqarmasi — chiptasiz yo‘lovchilarni jarimaga tortish haqida

Rasmiylar Toshkentdagi jamoat avtobuslarida chiptasiz yurganlarni jarimaga tortish amaliyoti yo‘lovchilarga sharoit yaratmaguncha qo‘llanmasligini ma’lum qildi. Avtobus chiptachilari esa tizimdagi boshqa ishlarga taklif qilinmoqda, talabga mos kelmaganlarga kompensatsiya to‘lanib, ish o‘rni qisqartirilmoqda.

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili
15 yanvar 2025, 17:25

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili

Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi.

Reportaj: Toshkent avtobuslariga endi naqd pul o‘tmaydi
4 yanvar 2025, 17:13

Reportaj: Toshkent avtobuslariga endi naqd pul o‘tmaydi

Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi endi faqat karta va QR-kodli chiptalar bilan to‘lanadi. Bir martalik QR-kodli chiptani Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan sotib olish mumkin. “Gazeta.uz” avtobus bekatida chipta olish amaliyotini sinab ko‘rdi. Bu vaqtda tizimdagi ayrim kamchiliklar ham yuzaga chiqdi.

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
20 dekabr 2024, 16:27

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi
7 dekabr 2024, 16:54

Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi

1-yanvardan Toshkent shahrida avtobus salonlarida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlanadi. Yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar bir martalik chiptani Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda
8 noyabr 2024, 15:11

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda

Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

So‘rovnoma: Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?
8 noyabr 2024, 09:09

So‘rovnoma: Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?

Jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi. “Gazeta.uz” bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi.

Toshkentda 2 noma’lum shaxs avtobusda salonni ayol va erkaklar uchun ajratish haqida poster yopishtirdi (video)
6 noyabr 2024, 13:08 1

Toshkentda 2 noma’lum shaxs avtobusda salonni ayol va erkaklar uchun ajratish haqida poster yopishtirdi (video)

Toshkentdagi avtobusda “ayollar — oldinda, erkaklar — orqada” yozuvli poster paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” uni 2 yigit yopishtirib, holatni videoga ham olgani aks etgan kamera yozuvlarini e’lon qildi. Bu kabi poster avvalroq Samarqandda avtobusda ham uchragandi.

Farg‘ona viloyatidagi avtobuslarda yo‘l haqi 3000 so‘m etib belgilandi
30 oktabr 2024, 11:15

Farg‘ona viloyatidagi avtobuslarda yo‘l haqi 3000 so‘m etib belgilandi

Farg‘ona viloyati hokimi qarori bilan viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lov 3000 so‘m etib belgilandi. Agar yo‘l haqi kartadan to‘lansa, 2400 so‘m bo‘ladi.

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi”. Transport vaziri — avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida
19 oktabr 2024, 11:26

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi”. Transport vaziri — avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Toshkentda avtobusda sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro vafot etdi
26 sentabr 2024, 18:00

Toshkentda avtobusda sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro vafot etdi

Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
18 sentabr 2024, 19:27

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.

Toshkentda bayram kunlari metro va avtobuslarning harakatlanish jadvali tasdiqlandi
30 avgust 2024, 12:47

Toshkentda bayram kunlari metro va avtobuslarning harakatlanish jadvali tasdiqlandi

Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
25 iyul 2024, 14:28

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.

Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi
23 iyul 2024, 10:17

Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasining 50 foizi qoplanadi.

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?
2 iyul 2024, 09:33

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?

Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi
12 iyun 2024, 18:30

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
13 may 2024, 21:04

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

14-may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi sabab Toshkent shahridagi 3-sonli qabriston tomon 2 ta bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu uchun 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi, ular 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi — 5 ming so‘m.

Foto: Trolleybus o‘rniga elektrobus
30 aprel 2024, 20:54 1

Foto: Trolleybus o‘rniga elektrobus

Toshkentliklar 1947-yildan trolleybuslardan foydalana boshlagan. Poytaxt bu transport turi bilan 2010-yil 30-aprelida xayrlashgandi. Hozir esa bir vaqtlar trolleybuslar yurgan yo‘llarda elektrobuslar harakatlanmoqda. “Gazeta.uz” ayni bir joyda yurgan trolleybus va elektrobuslar suratlarini jamladi.

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi
8 aprel 2024, 16:23

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting