«avtomaktab» tegli maqolalar


YHXX senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryodagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi
17 yanvar 2025, 18:12 1

YHXX senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryodagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi

Avvalroq yangi talablar sabab Surxondaryodagi avtomaktablarga litsenziya berilmayotgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborilgandi. Mas’ul idora so‘rovga javoban hozirda viloyatdagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi. Imtihon markazi esa qurilish yakunlangandan so‘ng ishga tushishi aytilgan.

Surxondaryoda avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtab qolgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborildi
6 yanvar 2025, 14:44

Surxondaryoda avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtab qolgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborildi

Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. Avvalroq “Gazeta.uz” bu muammo boshqa hududlarda ham bor ekanini yozgandi.

O‘zbekistonda mingdan ziyod avtomaktab ishlamayapti. Nega?
15 noyabr 2024, 22:19 1

O‘zbekistonda mingdan ziyod avtomaktab ishlamayapti. Nega?

O‘zbekistonda yuzlab, xususan, Toshkentda o‘nlab avtomaktablar necha oydan buyon ishlamayapti. Tadbirkorlar bunga imtihon markazlariga mo‘ljallangan “og‘ir talablar”ning avtomaktablarga ham qo‘llangani sabab bo‘ldi, deydi. YHXX esa talabni bajarganlar bemalol ishlayotganini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

Avtomaktab o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshiradi
6 mart 2023, 13:07

Avtomaktab o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshiradi

Endilikda avtomaktab o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilari har 3 yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. Haydovchi-yo‘riqchilar uchun malaka oshirish kursi 1 mln 350 ming so‘m, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi 1,2 mln so‘m, malaka oshirish kursi esa 2,1 mln so‘m bo‘ladi.

O‘zbekistonda avtomaktablarning reytingi tuziladi
6 iyul 2022, 10:52

O‘zbekistonda avtomaktablarning reytingi tuziladi

1 sentabrdan barcha avtomaktablarning reytingi tuziladi. Bunda bitiruvchilarning «prava» uchun imtihondagi natijalari, jarima ballari, YTH sodir etganligi, qolaversa, ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar soni inobatga olinadi. Yakunda maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Ehtiyojmand oilalarning yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi
11 mart 2021, 12:22

Ehtiyojmand oilalarning yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi

1 apreldan boshlab «temir», «yoshlar» va «ayollar» daftarlariga kiritilgan ehtiyojmand oilalar yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting