Juma kunidan boshlab 7 avgustga qadar poytaxtda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Buyuk Turon ko‘chasi, Mustaqillik shoh ko‘chasi hamda Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan yo‘llar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.
Qonunchilik palatasiga kiritilgan Davlat budjeti loyihasiga muvofiq, 2022 yildan e’tiboran avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinadi. Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji ham yagona miqdorda — BHMning 3 baravari etib belgilanishi kutilmoqda.
1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 2 955 295 tani tashkil etmoqda.
Hukumatning tegishli qarori bilan 1 sentyabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshgan avtomobillar 1 yilda 1 marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti ham bekor qilinadi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Avtotransport harakati uchun belgilangan cheklovlar ayrim toifadagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda, maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) avtotransport vositasining harakatiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting