Hukumat qarori bilan aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi. Boshqa transportlar esa turargoh va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi. Estakadadan foydalanishda yengil avtomobillar 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin bo‘ladi.
Toshkentdan viloyatlarga yo‘l olgan fuqarolar poyezd, samolyot va avtobusga chipta topolmayotganini ta’kidlamoqda. Bayram arafasi taksi narxlari ham qimmatlagan, bunga gaz «zapravka»lardagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. «Gazeta.uz» Toshkent temiryo‘l va avtovokzallarida bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.
Navro‘z bayrami arafasida amaldagi shaharlararo avtobus qatnovlariga qo‘shimcha ravishda kuniga yana 10 dan ortiq qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi noqonuniy taksichilarga to‘g‘ri kelib qolmaslik uchun chiptalarni «Toshkent» avtovokzalidan xarid qilishni so‘ramoqda.
Avvalroq noqulay ob-havo sharoiti sababli barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi paytga kelib esa Toshkent avtovokzalidagi shaharlararo reyslar qayta tiklandi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent shahridan qatnaydigan 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari 19-noyabr sanasi uchun bekor qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting