Kotrina Kulbite O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. Litvalik mutaxassis UEFA murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. O‘FA murabbiy bilan ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qildi.
Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi — 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
Jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi. “Gazeta.uz” bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Turkiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashuvlari davomida Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi. Yana 3 nafari ozodlikka chiqarildi.
O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.
Fotojurnalist Oqil G‘ulomov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida davlat va jamiyat xavfsizligi, barqarorligi, manfaatlarini himoya qiluvchi ayollar haqida loyiha tayyorladi. “Gazeta.uz” Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turkumdan bir nechta suratlarni e’lon qildi.
Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
O‘zbekistonlik ayol kurashchilar Iordaniyada o‘tgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 medal: 2 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
MHTI tadqiqotiga ko‘ra, uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi. Ekspertlar qurilma suv va energiya sarfini kamaytirish bilan birga, ayollarga haftasiga 4 soat vaqtini tejash imkonini berishini, bu vaqtni ular farzandlari uchun sarflashi mumkinligini bildirdi.
Boks bo‘yicha Hindistonda o‘tgan JCHda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga yutqazib qo‘ygandi. Biroq yarim finalchi Xelif genetik holati sababli o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada bronza medali o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi qonunchilikda ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Xalqaro huquqshunos, Avstraliyadagi Griffit universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova o‘zbek xotin-qizlari ilm-fanda ham mashhur olima bo‘lishiga ishonadi. U buning uchun nimalar qilish kerakligi, qaysi yo‘llardan yurish zarurligi, O‘zbekistonda bunga nimalar xalal berayotgani haqida so‘zlab berdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.
PMTI mutaxassislarining fikricha, o‘zbek ayollaridagi iqtisodiy faollikning pastligi uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lishga bog‘liq. Qolaversa, ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi va ular 30 yoshda martabaga erisha boshlaydi.
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida mahalliy aholi ta’mirtalab ko‘chaga mutasaddilarning e’tiborini qaratish maqsadida yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi yo‘lni 2023 yil boshida ta’mirlashni va’da qilmoqda.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning aksariyati farzandlar soni 3−4 nafar bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Har yettinchi xotin-qizlar (15,3%) 2 nafar farzand bitta oila uchun yetarli deb hisoblaydi. Bunday javob ko‘proq oliy ma’lumotli ayollarda qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.
Toshkentda 28 yoshli ayol salkam bir oylik chaqalog‘ini 35 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Sirdaryoda esa 29 yoshli ayol 4 yoshli farzandini 16 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting