Moliya vaziri Timur Ishmetov taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida davlat banklarining bo‘lishi mantiqliroq ekani, biroq u har doim xususiy bank sektori tarafdoriligini ma’lum qildi. Hukumat davlat banklari yordamida tayanch bank xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bu fiskal xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin va davlatga qimmatga tushadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi.
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi bir qator korrupsiya jinoyatlarida, shu jumladan AQSHda yashirinayotgan shaxs bilan til biriktirishda ayblanmoqda. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida turli banklarning 166 mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.
Banklar faollik indeksi bo‘yicha reytingda Kapital bank birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Universal va Ziraat banklari, oxirgi o‘rinda esa TVS banki.
Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting