O‘zbekistonda muomaladagi 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6% dan 23,4% gacha o‘sdi, 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushi esa 40,9% gacha kamaydi. MB qo‘shimcha ravishda 54,5 mlrd so‘mlik yangi tangalarni muomalaga chiqardi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik banknota inflyatsiyani to‘xtatish yoki bankomatlar uchun emas, balki odamlarga qulaylik yaratish maqsadida oldinroq chiqarilganini ma’lum qildi. «Pul massasining ko‘payishi — iqtisodiyotda bo‘layotgan ijobiy o‘sish va o‘zgarishlarning mahsuli», — dedi u.
Markaziy bank O‘zbekistonda 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar yangi ko‘rinishda chiqarilishini tasdiqladi. Banknotalar yangi dizaynda chikariladi va xafsizligi kuchaytiriladi.
5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalar 26 avgustdan muomalaga chiqariladi. Markaziy bank ularning dizaynini e’lon qildi. 2013 yil va 2017 yil namunasidagi banknotalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Markaziy bank yangi dizayndagi 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda.
14 iyundan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston Markaziy banki 2000 va 20 000 so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting