Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Prokuratura Qarshidagi charm zavodi yaqinida sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda. Bu yerda aholi kasalliklarni keltirib chiqarayotgan hid va havoning ifloslanishidan shikoyat qilib yig‘ilishgandi. Fuqarolardan biri zavod rahbariyati tahdid qilganini aytib, o‘zini yoqib yubordi.
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPXning Nexia 3 avtomobili to‘qnashib ketdi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi.
Jizzax viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonida velosiped boshqarib ketayotgan bola va uning singlisini urib yubordi. Hodisa oqibatida sakkiz yoshli bola vafot etdi.
Toshkentning Mirobod tumanida 7 avgust kuni ikki avtomobil to‘qnashib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.
Termizning Alisher Navoiy ko‘chasida mast holatdagi haydovchi Damas mashinasida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 83 yoshli qariyani urib yubordi.
Toshkent shahridagi 14-oilaviy poliklinika oldida Matiz haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, ikki piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida besh yoshli bola vafot etdi.
Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.
Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq o‘sha paytda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolga borib tegdi. Piyoda kasalxonada vafot etgan.
Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan sport anjomlari 1,2 mlrd so‘mdan ziyod qimmat narxga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi «nonburger» dan zaharlandi. Ularning 17 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Namangan viloyatida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketishi natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil katta tezlikda harakatlanib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketganligi aytilmoqda.
Toshkentda «Matiz» daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani aytilmoqda.
Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.
Chirchiqda ikki nafar maktab o‘quvchisi 58 yoshli erkakni sababsiz kaltakladi. Tergov harakatlari boshlangan. IIB vakillari ushbu o‘quvchilar istiqomat qiladigan mahallada bo‘lib, ota-onalar va aholi bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevga Qarag‘anda viloyatidagi konda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat mehnat inspeksiyasi 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting