Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yildan beri hokimiyat tepasida turgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida 86,82% ovoz to‘plagan. Bu uning yettinchi muddati bo‘ladi. YeI rasmiylari saylovlarni soxta deb atadi va ular “erkin va adolatli” bo‘lmaganini aytdi.
Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi.
AQSh Belarusda yashayotgan amerikaliklarni mamlakatni tark etishga, shuningdek, u yerga bormaslikka chaqirdi. Bunga “Belarus rasmiylarining mahalliy qonunlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirayotgani, hibsga olish xavfi va tartibsizliklar ehtimoli” sabab qilib ko‘rsatilgan.
Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.
Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.
Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotining 10-to‘laqonli a’zosiga aylandi. Qaror SHHTning Ostonadagi sammitida ma’qullandi.
O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar shifokor va qutqaruvchilar guruhi Belarusda aviatsiya tibbiyoti va avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha treningda qatnashdi. Ular uchun o‘quv maydonlari va tibbiy simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.
Texnoparkka tashrif buyurgan Aleksandr Lukashenkoga korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, sanoat qozonxonalari ko‘rsatildi. Davlat rahbarlari tajriba almashishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda misni boyitish fabrikalari qurish uchun BelAZ bilan hamkorlikda kon samosvallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish zarurligini aytdi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirish, Janubiy Osiyoga eltuvchi savdo koridorlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad”ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.
Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nazarov Minskda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlab kelayotgandi.
Qashqadaryodagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimini joriy etish, viloyatdagi 900 nafar doyani ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Belarus vakillari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishda yordam berishini bildirdi.
Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting