Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.
Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Urganch tumanida ikki shaxs o‘zaro nizoni guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringani aniqlandi. DXX va IIB tadbirida to‘qnashuv to‘xtatib qolindi. 9 kishi JK, 6 kishi MJTK moddalari bo‘yicha qamoqqa olindi.
Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.
Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir qiz notanish yigit tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati Norin tumanida 23 yashar qiz jamoat joyida ikki nafar erkakni besabab do‘pposlab, tan jarohati yetkazdi. Jarohatlanganlardan biri uning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting