Jurnalist Anora Sodiqova Mufasa taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Mirsaid Haydarovni sudga berdi. U bloger tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi turli anonim kanallarda o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida shikoyat kiritgan. Sud majlisi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Instagram`ga video olish uchun jamoat joyida bir qiz bilan janjal uyushtirdi. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, qizga esa 375 ming so‘m jarima tayinladi. Bloger avval ham bir necha bor qamoq jazosini o‘tab chiqqan.
Samarqand shahrida 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger Guzalya Maxmudkulova o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi. Tarmoqlarda ayolning turmush o‘rtog‘i va uning oilasi bilan muammolari bo‘lgani aytilmoqda.
Surxondaryoda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizning go‘yoki farzandi borligi ko‘rsatilgan videoni Instagram sahifasiga joylagan bloger jarimaga tortildi. Yigit va qiz esa ogohlantirildi.
Tarmoqlarda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan blogerning xotini qiz tug‘sa, farzandini chiqindiga tashlab yuborishini aytgan videosi tarqaldi. Bloger tanqidga uchraganidan so‘ng uzr so‘radi. Unga xotin-qizlar qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlagani uchun jinoiy ish ochildi.
Toshkentda bloger Nigina Meliqo‘ziyeva yo‘lda mashinasida “shashka o‘yini” qilgani uchun javobgarlikka tortildi. U bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi. Bloger bunday haydashini “azartda bo‘lgani” bilan izohladi, shuningdek, yurtdoshlari va obunachilaridan “uzr so‘radi”.
Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.
TikTok va YouTube`da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan bloger 10 sutkaga qamaldi. U mayda bezorilik hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.
Avvalroq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka chiqdi. Oliy sudning nazorat organi uning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirdi.
Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.
Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
Bloger, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan Otabek Axliddinovga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tovlamachilik va talon-toroj qilish qilishda aybli deb topilgan.
Emine Karamanova taxallusi bilan tanilgan bloger Lemara Mirzaaxmedovaga nisbatan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarida aybli deb topildi. Bir epizod bo‘yicha jabrlanuvchi Yangiyo‘l tumani hokimligi xodimi ekani aytilmoqda.
6,5 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi.
2022-yil boshida 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi.
8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.
Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting