Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga hukm qilindi, u jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.
Sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalist va blogerlarni tanqid qilib, ayrimlarini UJJ — “uyushgan jinoiy jurnalistlar” deb atadi. U ulardan “sal pastroqqa tushishni” va o‘zlarini “butun jamoatchilik” deb hisoblamaslikni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular xorijiy OAV bilan raqobatga dosh bera olmaydi.
Repost.uz nashri o‘z xodimi Violetta Mustafina bloger Amirxon Shamsiddinovning itni tepmoqchi bo‘lgan videosini e’lon qilganidan so‘ng undan tahdidlar olgani haqida xabar berdi. Mass-media fondi blogerning tahdid va haqoratlarini “mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan” deb atadi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.
Nasafnews.uz internet nashri rasman faoliyatini tugatayotganini e’lon qildi. Uning ortidan esa blogerlar Umid Karimov (Nasafnews.uz rahbari), Otabek Artikov va Maqsud Muzaffarov ham ortiq faoliyat yuritmasligini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ular bilan bog‘lanib, bunday qarorga kelish sabablarini so‘radi.
Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.
Toshkent shahar IIBB bloger Abduqodir Mo‘minovga qilingan hujum yuzasidan «bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, flesh-disk yozuvlarni tekshirish uchun musodara qilingan. Bloger uni ruxsatisiz olib ketishganini aytgandi.
Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.
O‘zbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan o‘rin olgan.
Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.
OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘limi haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatish ishi bo‘yicha Nukus IIBga uchta bloger chaqirilib, ularning telefonlari va kompyuterlari tortib olindi. Oldinroq uchta nashrning bosh muharrirlari prokuraturaga chaqirilgan edi. AOKA huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qonunni buzishganini, ammo jurnalistlar ma’lumotni tekshirishlari kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting