«bog‘cha» tegli maqolalar


Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltakladi
6 fevral 2025, 10:31

Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltakladi

Nukus shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarni kaltakladi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga ko‘ra, holat noyabrda bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi
30 yanvar 2025, 11:48

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi

Piskent tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatildi. Sud tomosha uyushtirgan ikki shaxsga jarima jazosi qo‘lladi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari o‘rinbosari ularning dasturi bilan to‘liq tanishib chiqmagani uchun ishdan olindi.

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi yordamchisi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
26 yanvar 2025, 11:12 1

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi yordamchisi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi

Sergeli tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani kaltakladi. So‘ngra uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganida bolaning oyog‘i sindi. Hozirda tarbiyalanuvchi shifoxonada, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi
4 yanvar 2025, 15:03

Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?
24 dekabr 2024, 18:41

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?

Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.

Davlat oliygohlari hududida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat berildi
9 oktabr 2024, 10:49

Davlat oliygohlari hududida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat berildi

Prezident farmoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
8 oktabr 2024, 10:25

O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi
4 oktabr 2024, 15:07

Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, bog‘chalarda direktor o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Muassasalarda kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Bog‘cha rahbari va pedagog kadrlarini vazir jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
12 sentabr 2024, 18:14

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi
19 avgust 2024, 17:03

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi

Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Surxondaryodagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolani urgani aniqlandi
16 avgust 2024, 01:18

Surxondaryodagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolani urgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
4 avgust 2024, 14:06

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi
26 iyul 2024, 21:12

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi
11 iyul 2024, 15:18

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi

O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi
11 iyul 2024, 11:37

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi

O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.

Jizzaxda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
21 iyun 2024, 09:16

Jizzaxda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni haqoratlab, ularni oyoq kiyim bilan kaltakladi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi
14 may 2024, 11:58

Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi

Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.

Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi
7 may 2024, 08:49

Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi

Gurlan tumanidagi 23-bog‘chada bir-biri bilan urishgan bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, ayni shu tarbiyachi e’tiborsizligi sababli boshqa bir holatda bolaning qo‘lini eshik qisib qolgani aniqlandi. Uning barmog‘iga igna tiqilmagan, balki davolash uchun maxsus sim qo‘yilgan.

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi
3 aprel 2024, 11:05

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 fevral 2024, 11:59

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting