Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.
O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan.
Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.
Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.
Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi uning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun endi Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.
Qozog‘iston deputatlari yaqin atrofida maktab, bolalar bog‘chasi yoki boshqa ijtimoiy infratuzilma bo‘lmasa, ko‘p qavatli uylar qurishni taqiqlashni taklif qilishdi. Qonun loyihasi bir qancha maktablarda bolalar soni ortib ketishi holatlaridan keyin ishlab chiqilgan.
Tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urishib, oyoq kiyimi bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tergov va sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, xodim esa ishdan olindi.
Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelib, uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgan kollej o‘quvchisi va bog‘cha tarbiyachisi 1,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan kollej o‘quvchisi uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgani aniqlandi. U amaliyotdan chetlatildi, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bog‘cha direktori lavozimidan ozod etildi.
Avgust-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 36 nafar bog‘cha bolasi turli xil kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizildi. MTV bu kabi holatlarning barchasini tegishli xulosasiz ovqatdan zaxarlanish deb bo‘lmasligini qayd etdi. Vazirlik jurnalist va blogerlardan to‘g‘ri axborot taqdim etishni so‘ramoqda.
Qashqadaryoning Koson tumanida xususiy bog‘chadan chiqib ketgan to‘rt yoshli bolani «Afrosiyob» tezyurar poyezdi urib ketdi. Olingan jarohatlar oqibatida bola vafot etgan. Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab davlat MTMlarida to‘lov narxlari 15 foizga qimmatlashishi kutilmoqda.
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasi 4 mlrd so‘mga ta’mirlangach, fevral oyida foydalanishga topshirilgandi. Oradan 8 oy o‘tgach, bog‘chaning ichki devorlari yorilishni boshlagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting